Yoʻnalishlar
Samarqand
Buyuk Ipak Yoʻlining eng mashhur shahri. Tarixiy markazi 2001 yildan UNESCO Jahon merosi roʻyxatida — «Samarqand: madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan.

Nima koʻrishga arziydi
Registon — uchta madrasa (Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori) bir maydonga qaragan majmua; shaharning asosiy belgisi. Shohizinda esa tor koʻcha boʻylab tizilgan maqbaralar qatori, koshin bezaklari bilan mashhur.
Goʻri Amir — Amir Temur va uning avlodlari dafn etilgan maqbara. Ulugʻbek rasadxonasi qoldiqlari shahar chekkasida joylashgan va XV asr astronomiyasiga tegishli.
Qachon borish qulay
Bahor (aprel–may) va kuz (sentyabr–oktyabr) — havo moʻtadil, kun uzun. Yozda kunduzgi harorat yuqori boʻladi, shuning uchun ekskursiyalar odatda ertalab va kechga rejalashtiriladi.
Savollaringiz bormi?
Bizga yozing — ish vaqtida javob beramiz va tanlangan yoʻnalish boʻyicha shartlarni yuboramiz.

